• Русский
  • Uy uchun
  • Ofis uchun

Shaxsiy kabinet

TPS
  • Xizmatlar
    • Ota-ona nazorati
    • Modem sozlamasi
    • Statiс IP manzil
    • Portni zaxiralash
    • Tarif rejasini o‘zgartirish
    • Turbo tugma
    • Ishonchli kirish
    • SMS va E-mail xabarlar
    • Internet-paketlar
    • Tungi drayv
    • To‘liq drayv
    • Dam olish kunlari uchun drayv
  • Tariflar
    • ADSL tarif rejalari
    • FTTB tarif rejalari
    • Arxiv tariflar
  • Ma’lumot
    • FTTB haqida ma’lumot
    • Ulanish haqida
    • Xizmat ko‘rsatish doirasi
    • Ulanishni sozlash
    • To‘lov usullari
    • Xizmat va takliflar
    • Ko‘p so‘raladigan savollar
    • Tezlikni tekshirish
  • Ko‘ngilochar xizmatlar
    • Seriallar
    • Filmlar
    • Musiqa
    • Soft
    • Barcha kontent saytlar
  • Aniqlik
    • “Do’stingizni olib keling” xizmati
    • Jet Points aniqlik dasturi
  • Kompaniya
    • Tenderlar
    • Ommaviy oferta
    • Kompaniya haqida
    • Ta’sischilar
    • Litsenziyalar
    • Kompaniyada kasbiy faoliyat
    • Kontaktlar va ish vaqti
    • Fuqarolarni qabul qilish jadvali
  • Ulanish
Tenderlar Ommaviy oferta Kompaniya haqida Ta’sischilar Litsenziyalar Kompaniyada kasbiy faoliyat Kontaktlar va ish vaqti Fuqarolarni qabul qilish jadvali

  • Home
  • Kompaniya
  • Ommaviy oferta

Jismoniy shaxslarga tarmoq orqali ma’lumot uzatish xizmati bo‘yicha
OMMAVIY OFERTA

AA № 0005950 raqamli lisenziya va Ustavi asosida 05.09.2016 yildan bo‘yon ma’lumot uzatish xizmati bilan faoliyat yurituvchi «TEXNOPROSISTEM» MCHJ, keyinchalik Provayder sifatida,jismoniy shaxslarga ushbu (qabul qilinuvchi) taklifni quyidagi shartlar asosida taqdim etadi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu shartnomani tuzuvchi Provayder Abonentning shaxsiy kompyuterda, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlay olish bo‘yicha kerakli ilmga ega ekanligini hisobga oladi.

1.2. Mazkur Ommaviy taklifda quyidagi tushunchalardan foydlanilgan:

“Abonent” – xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Shartnoma tuzilgan, xizmatlardan o‘z shaxsiy maqsadlarida tijoriy foydalanish huquqiga ega bo‘lmasdan, ushbu maqsadlar uchun belgilangan betakror ishonchli bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanuvchi jismoniy shaxs;

“Abonent qurilmasi, oxirgi nuqtadagi qurilma” -
Abonent manzilida joylashgan aloqa liniyalari orqali signal yuboruvchi va/yoki qabul qiluvchi texnik vositalar (kompyuter, tarmoq kabeli va h.k.);

“Avtorizatsiya”-
Abonentning Shaxsiy kabinetga kirish yoki xizmatdan foydalanish huquqi mavjudligi orqali aniqlanadigan, Provayder serverida Abonent tomonidan kiritiladigan Ishonchli ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni.


“Ishonchli ma’lumotlar”- Internet tarmog‘I orqali Shaxsiy kabinetga kirish va/yoki ma’lum bir xizmatni yoqtirish uchun Abonent tomonidan qo‘llaniladigan xos foydalanuvchi ismi (login) va parol (password).


“Shaxsiy hisob balansi”-
ma’lum vaqt mobaynidagi ikki turli pul mablag‘lar o‘rtasidagi farq. Birinchi so‘mma Shaxsiy hisobga joriy vaqtga qadar kiritilgan mablag‘dan tashkil topgan bo‘ladi; ikkinchi so‘mma esa Shaxsiy hisobdan joriy vaqtga qadar yechib olingan mablag‘ hisoblanadi.

“Shaxsiy hisobga mablag‘ kiritish”-
Shaxsiy hisob ko‘rsatilgan holda Provayder hisob raqamiga Abonent tomonidan amalga oshiriladigan avans to‘lovi.
To'lov naqd pulni provayder kassasiga taqdim qilish yoki elektron to'lov tizimlari (Paynet, Click, M-bank, UPay, Paycom, Ipoteka Bank) yoki xizmatlar to'lov kartalarini xarid qilish va aktivlashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.


“”Provayder” javobgarlik hududi”-
Provayder nazorati va qamrovi ostida joylashgan telekommunikatsiya kanallari yoki texnik vositalari.

“Internet”
– ko‘p sonli turli kishilar va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan global ixtiyoriy, kopyuter tarmoqlari va axborot resurslarining mustaqil ravishdagi birlashmasi.

“Shaxsiy hisob raqam” – ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov sifatida yechib (ko‘chirib) olingan, Abonent tomonidan amalga oshirilgan avans to‘lovlari va mablag‘lari qayd etib boriladigan hisob raqami. Hisob raqami Provayder ma’lumotlar bazasida joylashgan, butun xizmat ko‘rsatish davri mobaynida doimiy ravishda hisobga qabul qilingan mablag‘lar va ularning sarflanishi haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradigan xos raqam hisoblanadi. Shaxsiy hisob raqami sahifasi Shaxsiy kabinetning vazifa bajaruvchi optsiyasi hisoblanadi va Rasmiy saytning Shaxsiy cabinet bo‘mida joylashgan bo‘ladi.

“Shaxsiy kabinet”
– Provayder xizmat ko‘rsatish Rasmiy saytidagi web – sahifa bo‘lib, qabul qilingan Xizmatlar hajmi va Shaxsiy hisob raqamning joriy holati haqidagi statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Shaxsiy kabinetda aks etuvchi ma’lumotlar Provayder moliyaviy tizimidagi ma’lumotlardan farq qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu sahifada Abonentni ma’lum bir xizmatlarga obuna qilish yoki qilingan obunani bekor qilish mumkin.

“Hisobot oyi”
– Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi muvofiq xizmatga ko‘ra belgilangan to‘lovlarga ko‘ra ma’lum bir xizmat turi bilan Abonentni ta’minlanadigan taqvim oyi.

“Xizmatning rasmiy sayti”
- http://www.tps.uz manzilda joylashgan Provayder telekommunikatsion axborot resurs tarmog‘i

“Provayder”
– muvofiq litsenziyalar asosida (telekommunikatsion va ma’lumot uzatish tarmog‘i) telekommunikatsion tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi, «TEXNOPROSISTEM» MCHJ;

“Ommaviy oferta”
– Abonent tomonidan imzolangan ««TEXNOPROSISTEM» MCHJ ommaviy takliflari shartlariga rozilik» Abonent va Provayder o‘rtasida tuzilgan, Provayder rasmiy saytida e’lon qilingan va www.tps.uz manzilida joylashgan, keyinchalik matnda «Shartnoma» deya yuritiluvchi ushbu kelishuv hujjati hisoblanadi;

“Abonent trafigi”
– abonent qurilmasi yordamida provayder tarmog‘I orqali Internet tarmog‘idan olingan (kiruvchi trafik) va abonent qurilmasi orqali Internet tarmog‘iga uzatilgan har qanday ma’lumotlar yig‘indisi;

“Xizmat”
– Internet, shuningdek, ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulanish va xizmati bilan ta’minlash, shu bilan birgalikda ushbu xizmatlardan foydalanish uchun amalga oshiriladigan ishlar.

«Taklifni qabul qilish» -
Abonent tomonidan imzolash orqali ««TEXNOPROSISTEM» MCHJ ommaviy takliflari shartlariga rozilik» rozilik bildirishi, keyinchalik «Abonent roziligi» (№1 Ilova

2. SHARTNOMA MAQSADI.

2.1. Provayder Abonentga tarmoq orqali ma’lumot uzatish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, Abonent esa ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq ravishda xizmatlardan foydalanadi va Xizmatlarning rasmiy saytida ko‘rsatib o‘tilgan tarif rejasiga ko‘ra belgilangan xizmat haqini to‘liq ravishda va o‘z vaqtida to‘lab borish majburiyatini oladi.

2.2. Shartnomaga ko‘ra Provayder Abonent talabiga binoan Xizmatlar rasmiy saytida e’lon qilingan tariflarga ko‘ra qo‘shimcha tariflanadigan, ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega hisoblanadi.

2.3. Ushbu Shartnomaga ko‘ra xizmat ko‘rsatish mobaynida Provayder Abonentning kerakli shaxsiy qurilmasi mavjud bo‘lmagan holatda Xizmatga ulanish uchun Abonentga telekommunikatsion qurilmani ishchi holatida taqdim etadi. Shartnoma bekor qilinganda, Abonent Provayderdan qabul qilib olgan qurilmani Shartnoma bekor qilingan vaqtning o‘zida qurilmani qanday holatda qabul qilib olgan bo‘lsa xuddi shu holatda ishlatilganligi hisobga olinib qaytarib berishi lozim.

2.4. Xizmatga ulanish uchun Abonentga qurilmani topshirish, qurilmani Provayderga qaytarish yoki almashtirish Shartnomaning № 1 Ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

2.5. Abonentning o‘z shaxsiy qurilmasi mavjudligi, uning “Provayder” Xizmatlaridan to‘laqonli ravishda ADSL va FTTB texnologiyalari asosida ishlash holatida bo‘lsa, 2.3 va 2.4. bandlar o‘z kuchini yo‘qotadi.

2.6. Abonent tomonidan «Abonent Roziligi» (№1 Ilova) imzolanishi Abonent tomonidan Shartnomaning barcha shartlari va uning ajralmas qismi hisoblangan Ilovalarini to‘liq so‘zsiz qabul qilgan hisoblanadi (O‘zR DK 370 - modda).

3. XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI.

3.1. Abonent uchun Xizmatni yoqtirish muddati bandlarda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq birinchi oy uchun abonent to‘lovi va xizmatni yoqtirish uchun amalga oshirilga to‘lov vaqtidan boshlab 10 (o‘n) ish kunidan oshmaydi. 4.3 va 4.4.

3.2. Abonent tarmoqda Xizmatni yoqtirish uchun amalga oshirilgan texnik ishlar nihoyasiga yetgan vaqtdan boshlab 5 (besh) ish kunidan kechikmasdan avtorizatsiya qilishi lozim. Abonentni avtorizatsiya qilish Abonentga oid shaxsiy Ishonchli ma’lumotlarini tarmoqqa ulanishda kiritish orqali amalga oshiriladi.

3.3. Abonentni xizmatga ulanishi (xizmat ko‘rsatish boshlanishi) bu – Abonentni ilk muvaffaqiyatli Avtorizatsiya qilish amalga oshirilgan vaqt hisoblanadi.

3.4. Provayder tomonidan Abonentning Xizmatlardan haqiqiy foydalanish sanasi dasturiy ma’lumotlar bog‘lanishini nazorati asosida yoki Provayder tarmog‘ida belgilangan apparatura narxi (billingi) hisobga olingan holda aniqlanadi. Abonentga Xizmat ko‘rsatilayotganligi Provayder apparaturasi narxi (billingi) ma’lumotlari orqali tasdiqlanadi.

3.5. Abonent identifikatsiyasi, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati va Shaxsiy kabinetga kirish Abonentning shaxsiy Ishonchli ma’lumotlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Bir logindan foydalanilgan holda bir vaqtning o‘zida faqat bitta ulanish amalga oshirilishi mumkin.

3.6. Abonentning shaxsiy Ishonchli ma’lumotlari Provayder ofisida belgilanadi. Abonent uchun belgilangan login o‘zgartirilmaydi. Abonent birinchi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan avtorizatsiyadan so‘ng ilk o‘rnatilgan parolni (password) 24 soat ichida o‘zgartirishi lozim bo‘ladi.

4. XIZMAT NARXLARI VA TO‘LOV TARTIBI

4.1. Xizmatlar oldindan to‘lash (keyinchalik «Olindan to‘lash») shartlari asosida taqdim etiladi. Xizmatlardan foydalanish boshlangan vaqtdan boshlab Provayder Abonent shaxsiy hisobidagi mablag‘ bo‘yicha hisobot olib bora boshlaydi. Shaxsiy hisobdagi mablag‘lar Provayder Xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovdan mustasno tariqasida Abonent tomonidan sarflanishi mumkin.


4.2. Xizmat narxlari va tarifikatsiya tartibi Provayder tomonidan ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan belgilangan tariflarga (keyinchalik «Tariflar») ko‘ra aniqlanadi. Tariflar xizmatlarning Rasmiy saytidan o‘rin olgan bo‘ladi.

4.3. Birinchi amalga oshiriladigan to‘lov ko‘rsatiladigan Xizmatlar va amaldagi tariflarga ko‘ra tanlangan xizmatlardan foydalanish uchun belgilangan Abonent to‘lovini o‘z ichiga oladi va to‘liq hajmda Abonent hisob raqamiga mablag‘ kiritish orqali amalga oshiriladi.

4.4. Birinchi oy uchun amalga oshiriladigan Abonent to‘lovi haqiqiy taqvim kunlari hisobga olinib Xizmatdan foydalanish uchun belgilangan oy oxirgi kunigacha qolgan kungacha hisoblanadi.

4.5. Abonent Provayderning qo‘shimcha xizmatlari uchun o‘z Shaxsiy Hisobidan buyurtma berishi va to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Qo‘shimcha taklif etiladigan xizmat ko‘rsatish tartibi, narxi va tarkibi haqidagi ma’lumot Provayder tomonidan rasmiy saytda taqdim etiladi. Abonentning qo‘shimcha xizmatlardan foydalanayotganligi bu – Abonentning qo‘shimcha xizmat taklif qilish shartlariga roziligi, xizmat tariflari va xizmat uchun amalga oshiriladigan to‘lovini ifodalaydi.

4.6. Provayder tomonidan Abonent shaxsiy hisobidan mablag‘ yechib olishi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

4.6.1. Abonent to‘lovi joriy oy uchun 100 % shaklda 1 marta oyning 1- sanasida yechib olinadi.

4.6.2. Trafikdan foydalanganligi uchun mablag‘ yechib olish, belgilangan tarif limitidan ortiqcha (ortiqcha trafik) sarflangan ortiqcha trafikka ko‘ra amalga oshiriladi.

4.6.3. Qo‘shimcha xizmatlar (internet paketlar va h.k.) uchun mablag‘ 100 % shaklda xizmat buyurtma qilingan vaqtning o‘zida bir marta oldindan to‘lov asosida yechib olinadi.

4.7. Xizmat faqatgina Abonent Shaxsiy hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lgan holatdagina taqdim etiladi. Agarda Abonent hisobi nol holatiga kelsa yoki abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag‘ qolmaydigan holatda Xizmat ko‘rsatish avtomatik tarzda to‘xtatiladi. Xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun Shaxsiy hisob balansini xizmatning amal qilish holatini yangilash uchun yetarli miqdorda to‘ldiriladi.

4.8. Agarda Abonent bir taqvim oyi davomida, ya’ni xizmat ko‘rsatish to‘xtatib qo‘yilgan oydan keyingi oy uchun xizmatni amal qilish muddatini yangilash uchun shaxsiy hisobini yetarli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmasa, Provayder Shartnomani bekor qilishga, Abonentni tarmoqdan o‘chirishga va abonent telefon raqamini yoki FTTB portidan o‘chirishga bir tomonlama shaklda haqli hisoblanadi.

4.9. Amaldagi tariflarga kiritilgan o‘zgartirishlar va yangi tariflar kiritilganligi haqida Provayder Abonentni xizmatlar Rasmiy saytiga o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 kundan kam bo‘lmagan muddat oldin ma’lumot kiritish orqali ma’lum qiladi.

4.10. Ko‘rsatilgan tarif xizmatlari AQSH dollarida bo‘lib, to‘lov jarayonida amalda bo‘lgan soliqlar va to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lov kuni O‘zR.ning Markaziy Banki rasmiy valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

4.11. Provayder Tariflarga bir tomonlama shaklda ushbu Shartnomaning 5.2.4-bandiga muvofiq ravishda o‘zgartirishlar kiritishga haqli hisoblanadi.

4.12. Tarif rejasida belgilangan trafik limitidan oshib ketgan holatda Abonent joriy tariff rejasiga ko‘ra har bir ortiqcha sarflangan 1 Mbayt trafik uchun to‘lovni amalga oshiradi.

4.13. Provayder abonent trafigi hajmi bo‘yicha (kirish yoki chiqish) belgilangan trafikdan ortiq miqdorda sarflanganligi bo‘yicha tarifikatsiya o‘tkazish huquqiga ega. Agarda hisobot davrida abonentning chiqish trafigi yuqori bo‘lsa, provayder ushbu davrda chiqish trafigi bo‘yicha tarifikatsiya qilish huquqiga ega hisoblanadi.

4.14. Trafik limiti ishlab chiqilgandan keyin Abonentning Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasiga ko‘ra xizmatdan foydalanishi uning Shaxsiy hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lgan holatdagina amalga oshiriladi.

4.15. Ortiqcha trafik sarfi uchun Abonent tomonidan kiritilgan yetarli to‘langan qoldiq miqdori va oyning oxirgi kuni uni haqiqiy so‘mma hisobiga sarflanishi keying oy uchun to‘lanadigan oylik Abonent to‘lovi hisobidan yechib olinadi.

4.16. Oylik Abonent to‘loviga kiritilgan va Abonent hisobot oyida sarflanmay qolgan trafik hajmi keyingi oyga ko‘chirilmaydi, agarda ushbu imkoniyat tarif rejasi shartlarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lmasa.

4.17. Abonent 4.8 –bandga ko‘ra bekor qilingan Shartnomani agarda amaldagi tariflar bo‘yicha takroran amalga oshiriladigan ulanish to‘lov bahosini Provayder kassasiga kerakli miqdordagi mablag‘ni kiritish, to‘lov kartasi orqali yoki to‘lov qabul qiluvchi electron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirsa, takroran Shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

4.18. Abonent arizasiga binoan bekor qilingan Shartnoma ushbu Shartnomaning 11.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilsa, Abonentga Shartnoma bekor qilingan sanaga tegishli bo‘lgan hisob raqamidagi mablag‘lar belgilangan tartibda qaytarib beriladi. 11.4. Abonent oylik Abonent to‘lovidan tashqari holatda Shartnomani bekor qilish uchun ariza taqdim etadigan holatda,

4.19. Agarda Abonent biror sababga ko‘ra xizmatdan foydalanish bo‘yicha tanaffus qilmoqchi bo‘lsa, ushbu tanaffus vaqtida oylik Abonent to‘lovi amalga oshirilmasligi uchun Abonent qo‘shimcha band qilish xizmatini tanlashi lozim bo‘ladi (Xizmatdan foydalanish imkoniyatini bloklashi, Provayder hisob tizimida, porti va krossirovkasida band etish muddatini rekvizitlarda belgilash).

4.19.1. Band etish muddati ketma – ket uch oygacha bo‘lishi mumkin.

4.19.2. Qo‘shimcha band etish xizmatlari bahosi amaldagi tariflarda ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘lov Abonent hisob raqamiga kerakli miqdordagi mablag‘ni kiritish orqali amalga oshiriladi.

4.20. Tarif rejasi Provayder ofisiga yozma ravishdagi ariza kiritish yo‘li bilan yoki Shaxsiy cabinet oqali 5 (besh) ish kuni davomida joriy oy nihoyasiga yetgunga qadar ariza yuborish orqali amalga oshirilishi mumkin. Abonent tarif rejasi keyingi oyning 1 (birinchi) sanasida amalga oshiriladi.

4.21. Agarda biror sababga ko‘ra Abonent xizmatni boshqa joyga (boshqa manzil) ko‘chirishni xohlasa, unda Abonent Provayder ofisiga kerakli hujjatlar bilan xizmatni ko‘chirish haqida yozma ariza taqdim etishi lozim bo‘ladi.

4.21.1. Xizmatni ko‘chirish Tomonlar o‘rtasida Abonent tomonidan oldindan imzolangan «Abonent roziligi» ga qo‘shimcha kelishuvlarni imzolash orqali amalga oshiriladi.

4.21.2. Qo'shimcha o'tkazish xizmatining narxi joriy tariflarda ko'rsatilgan.
To'lov Abonentning shaxsiy hisobiga zarur miqdordagi pul mablag'larini kiritish orqali amalga oshiriladi.

4.21.3. Qo‘shimcha ko‘chirish xizmati yangi ulanish manzili bo‘yicha kerakli hujjatlar paketini taqdim etilgandan so‘ng Tomonlar o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab 10 (o‘n) ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

4.22. Provayder tomonidan Abonentga taqdim etilgan reklama aktsiyalari, bonuslar ko‘rinishida qo‘shilib brogan barcha so‘mma Xizmat uchun amalga oshirilgan mablag‘dan mustasno holda sarflanishi mumkin va Shartnoma bekor qilinganda to‘lab berilmaydi.

4.23. Agarda kelyotgan hisob oyidan keyingi oyning 5 (besh) taqvim kuni nihoyasiga yetganda, Abonent tomonidan hisobot oyida ko‘rsatilgan xizmat sifati va hajmi yuzasidan yozma ravishda shikoyat arizasi taqdim etilmasa, Xizmati muvofiq ravishda taqdim etilgan hisoblanadi.

5. PROVAYDER HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Provayder quyidagilarga javobgar hisoblanadi:

5.1.1. Abonentga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normative aktlari shartlari hisobga olingan holda ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan shartlar tartibida Xizmat ko‘rsatish.

5.1.2. Abonent Shaxsiy hisobiga avans to‘lovlarini o‘z vaqtida o‘tkazib borish.

5.1.3. Abonentga texnik yordam xizmatini +99871-150-00-00 telefon raqami orqali konsultatsiyalaridan foydalanish imkonini yaratish (kechayu kunduz, haftasiga 7 kun) Konsultatsiyalar hajmi taqdim etilayotgan Xizmatlarga aloqador ma’lum masalar doirasida amalga oshiriladi.

5.1.4. Abonentga Shaxsiy kabinetiga kirish imkoniyatini yaratish. Xizmat ko‘rsatish to‘xtab qolgan holatda, Shartnoma amal qilishi muddati davrida Internet orqali Abonent uchun Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini saqlab qolinadi.

5.1.5. Abonent tomonidan Xizmatdan foydalanish va u bilan tuzilgan Shartnomaning boshqa shartlariga tegishli bo‘lgan ma’lumot xavfsizligini ta’minlash uchun umumiy qabul qilingan texnik va tashkiliy choralarni qo‘llash.

5.1.6. Abonent arizasiga ko‘ra ushbu Shartnoma shartlariga ko‘ra qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;

5.1.7. Abonentga taqdim etilayotgan xizmatning to‘la to‘kis holda yetkazib berilishi rejimini buzishi mumkin bo‘lgan profilaktika va rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarining olib borilishi, boshlanish va nihoyasiga yetish muddatlari haqida xizmat Rasmiy sayti orqali ma’lum qilib borish.

5.2. Provayder quyidagilarga haqli hisoblanadi:

5.2.1. Abonent tomonidan 100 % miqdordagi birinchi yoki oylik Abonentlik xizmat to‘lovi amalga oshirilmagunga qadar xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish;

5.2.2. Abonentga bir tomonlama shaklda Abonentdan qabul qilingan kerakli hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lgan holatda ulanish ishlarini olib borish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rad etish;

5.2.3. Abonentga quyidagi holatlarga asoslangan hollarda xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish:

- O‘zbek aloqa va informatizatsiya agentligi bosh direktori bo‘yrug‘i bilan 25 – avgust 2004 yil № 285 son bilan tasdiqlangan, “Ma’lumot uzatish tarmog‘i, shuningdek, Internet xizmati ko‘rsatish qoidalari”da ko‘rsatilgan majburoyatlarga amal qilmaganda;

- iror texnik, jismoniy, topografik yoki boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar tufayli Xizmat ko‘rsata olmagan holatda;

5.2.4. Bir tomonlama shaklda yangi tariflar kiritish va amaldagilariga o‘zgartirishlar kiritish, bu haqida Abonentni o‘zgartirish kiritilgunga qadar 10 (o‘n) taqvim kuni davomida xizmat Rasmiy saytiga ma’lumot kiritish orqali ma’lum qilish.

5.2.5. Quyidagi hollarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilgan holda Abonentga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish:

- ushbu Shartnoma va uning Ilovalarida ko‘rsatilgan shartlarni Abonent tomonidan buzilishi;

- Provayder tarmoq ishiga ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday harakati;

- qabul qilinayotgan xizmatlarni noqonuniy yoki savdo maqsadida qo‘llashi;

- taqdim etilayotgan xizmatlardan savdo maqsadida lokal tarmoqlari tashkil etish va / yoki Xizmatga o‘zaro ikki yoki undan ortiq kompyuterni ulash;

- xizmatdan jamoa bo‘lib foydalanish punktlari tashkil etish orqali foydalanish (“Internet klublari”, “Internet kafe”, ixtiyoriy o‘quv – ta’lim markazlari);

- Abonentning tarmoq resurslariga noqoniy kirishga yo‘naltirilgan harakatlari.

5.2.6. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi bo‘lgan har qanday ma’lumot tarqatish, uzatish hollarida xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish

6. ABONENT HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

6.1. Abonent quyidagilarga javobgar hisoblanadi:

6.1.1. Shaxsiy hisob raqami balansida yetarli miqdordagi mablag‘ni saqlashi, Provayder hisob raqamiga kerakli avans to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi.

6.1.2. Abonent Xizmatdan foydalanganligi haqida barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Abonent tomonidan foyda ko‘rish maqsadida Shartnomaga ko‘ra Xizmatlardan har qanday savdo maqsadida foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ixtiyoriy yuridik yoki jismoniy shaxsga Xizmatni qayta sotish).

6.1.3. Xizmatni yoqish bo‘yicha amalga oshirilgan texnik ishlarning nihoyasiga yetgach, 5 (besh) ish kuni davomida Xizmatni yoqish.

6.1.4. O‘zbekiston Respubllikasining amaldagi qonunchiligiga amal qilgan holda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy qiziqishlarini buzmasdan va zarar yetkazmasdan Xizmatlardan foydalanish.

6.1.5. Vaqti – vaqti bilan (7 kun davomida bir martadan kam emas) xizmatlar Rasmiy saytidagi mavjud o‘zgarishlarni kuzatib boorish.

6.2. Abonent haq – huquqlari:

6.2.1. Provayder konsultativ va texnik ko‘magidan xizmat ko‘rsatish davrida yuzaga kelgan muammo vaqtida foydalanish.

6.2.2. Provayder saytidan ko‘rsatilayotgan xizmatdan foydalanish xususiyatlari va sifatlari haqidagi ma’lumot olish.

6.2.3. Shaxsiy hisobda qolgan mablag‘ va ko‘rsatilgan xizmatlar haqida Shaxsiy kabinetdan ma’lumot olish.

6.2.4. Shartnomada ko‘rsatilgan tartibda shikoyat qilish.

7. PROVAYDER MAJBURIYATLARI.

7.1. Provayder amaldagi qonunchilik asosida Shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan majuriyatlarini ijro etishga javobgar hisoblanadi.

7.2. Provayder o‘ziga tegishli bo‘lmagan, nazorati ostida bo‘lmagan, yoki Provayderga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra qurilma va/yoki dasturiy ta’minotning ishdan chiqishi tufayli Xizmatdan foydalanishda uzilishlar sodir bo‘lganda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.3. Provayder xizmat ko‘rsatish mobaynida sodir bo‘ladigan to‘liq yoki qisman uzilishlar, qurilmani almashtirish bilan bog‘liq, dasturiy ta’minot yoki tarmoq yaxshilanishi va ishlash sifati oshishini mustahkamlovchi boshqa kerakli ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq uzilishlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.4. Provayder alohida Internet tarmog‘i segmentlariga kirish va ularning ishlash faoliyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.5. Provayder o‘z javobgarligi doirasidan tashqarida bo‘lgan Internet tarmoqlari serverlari va birlashmalari bilan axborot almashinuvi imkoniyati kafolatini bermaydi.

7.6. Provayder xizmatni qisqa muddatli uzilishlari (15 daqiqadan oshmagan) ga javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.7. Proovayder ixtiyoriy uchinchi shaxslar tomonidan Abonent Ishonchli ma’lumotlarini kiritishlari, shuningdek, ularning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.8. Provayder Abonent tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita yetkazilgan zarar, yo‘qotilgan foyda, Xizmatdan foydalanish yoki foydalanmaganligi tufayli, shuningdek, ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatolar, o‘tkazib yuborishlar, ishlash mobaynidagi tanaffuslar, funksiyadagi o‘zgarishlar, yaroqsizlik, ishlash mobaynida to‘xtab qolishlar va h.k. uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.9. Provayder umumiy foydalanishda bo‘lgan shahar va boshqa aloqa tarmoqlari sifati, shuningdek, Xizmat ko‘rsatish mobaynida sifatning yomonlashishi va/ yoki uzilishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan, Provayder javobgarligi hududidan tashqarida joylashgan sabablar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.10. Provayder Xizmatdan foydalanish mobaynida Abonent tomonidan qabul qilinadigan va jo‘natiladigan axborot ishonchliligi va uning mazmuni uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.11. Provayder Abonent tomonidan yetkazilgan zarar, Abonent tomonidan hisob haqidagi va boshqa ma’lumotining yo‘qotib qo‘yilishi bilan bog‘liq masalalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7.12. Xizmatlardan foydalanishning imkonsiz holga kelishi, ixtiyoriy uchinchi tomonlarni bu haqida ma’lum qilinmasligi yoki ma’lum qilinishi yoki Abonentning Xizmatlardan foydalanishi bekor qilinishi va buning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan natijalar haqida ogohlantirish yoki ogohlantirmaslik javobgarligini o‘z zimmasiga olmaydi.

8. ABONENT JAVOBGARLIGI

8.1. Abonent amaldagi qonunchilik asosidagi o‘z mas’uliyatini baarishni o‘z zimmasiga oladi.

8.2. Abonent Shartnoma Ilovasida keltirilgan xizmatlardan foydalanish Qoidalariga amal qilishni o‘z zimmasiga oladi.

8.3. Abonent amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda Xizmatdan foydalanish orqali barcha xatti – harakatlari, shuningdek, ularning oqibatlari uchun javobgar hisoblanadi.

8.4. Abonent o‘z Ishonchli ma’lumotlarini uchinchi shaxslardan xafsiz saqlanishi va muhofazasi uchun, shuningdek, Ishonchli ma'lumotlardan noqonuniy va/yoki olib qo‘yilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.


8.5. Abonent foydalanish mobaynida qabul qilingan materiallar, mahsulot va xizmatlar bilan bog‘liq xavf – xatar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
Xizmatlar

8.6. Abonent Xizmatlardan foydalanish orqali o‘zi yuboradigan axborotning mazmuni, ishonchliligi va haqqoniyligi uchun mustaqil javobgar hisoblanadi.

9. FAVQULODDA HOLATLAR

9.1. Tomonlar Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki bajarishga muvofiq bo‘lmagan holatlarida, agarda majburiyatni bajarmaslik sababi (muvofiq bo‘lmagan) favqulodda holat bo‘lsa (falokat, yong‘in, texnogen avariyalar va falokatlar, muhandislik va kommunikasiya binolarida sodir bo‘lgan avariyalar, davlat mutasaddi organlari va mahalliy boshqaruv organlarining normativ aktlari, Tomonlarning Shartnoma majburiyatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi litsenziya beruvchi organ, va h.k. ), ya’ni Shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga kelgan favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan shartlardagi vaziyatlarda Tomonlar o‘z majburiyatlaridan ozod qilinadi.


9.2. O‘z majburiyatlarini bajarmagan tomonlar majburiyatlarini amalga oshirish muddati kelgandan keyin yuzaga kelgan vaziyatlarga tayanishga haqlari yo‘q.

9.3. Provayder Shartnomaning 9.1 – bandida ko‘rsatilgan favqulodda vaziyatlar tufayli zarar ko‘rganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganidan va ushbu vaziyatlar nihoyasiga yetganidan so‘ng 5 (besh) ish kuni mobaynida xizmat Rasmiy saytida ushbu holatlarning kelib chiqqanligi va muvofiq ravishda bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qilishi shart.

9.4. Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqqanligi va bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotlarning ma’lum qilinmasligi holatida qarshi tomon ushbu holatlarga tayanib bunday vaziyatlar haqida ma’lum qilish imkoni tug‘ilmagan holatda ham o‘z majburiyatlaridan ozod bo‘lish huquqiga ega emas.

9.5. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni amalga oshirish muddati muvofiq ravishda, ya’ni ushbu holatlar davom etadigan muddatgacha hech qanday zararlar qoplanmaydigan muddatga orqaga surilishi mumkin.

9.6. Favqulodda holatlar yuzaga kelishi oqibatida zarar ko‘rgan Provayder ushbu holatlar 30 (o‘ttiz) kun ketma – ket davom etgan holatda, Provayder muvofiq e’londa asoslari belgilangan tartibda ma’lum qilish orqali Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaslik haqqiga ega. Shu bilan birgalikda, Shartnoma Provayder ma’lum qilgan sanadan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.

10. MUAMMOLARNI HAL QILISH

10.1. Shartnoma yuzasidan ixtiyoriy biror bir muzokara yoki anglishilmovchilik yuzaga kelgan holatlarda Tomonlar ularning yechimini topish uchun Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish orqali bor sayi-harakatlarini ishga solishadi.

10.2. Agarda muammolar muzokaralar orqali yechimini topmasa, ularni yechimini amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli sud orqali ko‘rib chiqiladi.

10.3. Tegishli sud orqali muammoli vaziyatlarni jarayonini ko‘rib chiqishga berilishi shikoyat arizasini muammoli vaziyatning sudga qadar yechilishi holati bilan birgalikda taqdim etilishi lozim.

10.4. Abonent tomonidan Xizmatlar yuzasidan shikoyat qilish muddati Xizmat ko‘rsatila boshlagan vaqtdan boshlab bir oy muddatga teng. Ushbu muddat nihoyasiga yetgandan keyin taqdim etiladigan shikoyatlarni Provayder ko‘rib chiqmaslik haqiga ega.

10.4. Shikoyatlar Tomonlar tomonidan quyidagi tarzda bir – biriga taqdim etiladi:

10.4.1. Provayder tomonidan Abonent nomiga xat shaklida faksli aloqa yoki buyurtma pochta orqali.

10.4.2. Abonentdan Provayder nomiga xat shaklida faksli aloqa yoki buyurtma pochta orqali.

10.5. Shikoyat Abonentning IFO, shaxsiy hisob raqamini, shuningdek, unga javob qaytarish uchun manzili ko‘rsatilgan holda bo‘lishi lozim. Provayder ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan holatda shikoyatni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega.

10.6. Yozma shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijasida olingan xulosalar Provayder Abonentning asl nusxadagi shikoyat arizasini qabul qilgan kundan boshlab biro y davomida ariza beruvchiga yozma shaklda ma’lum qilinadi.

11. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, SHARTLARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH VA BEKOR QILINISHI TARTIBI

11.1. Ushbu Shartnoma uzluksiz bo‘lib, undagi barcha shartlar tomonlarning biri majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgungacha davom etadi, bunday holatda Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.

11.2. Xizmatdan foydalanish mobaynida qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishdan Abonentning bosh tortishi Provayder tomonidan Abonentning yozma ariza asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunday ariza Provayder tomonidan qabul qilinganda Abonentni qo‘shimcha xizmat uchun amalga oshirgan obunasi bekor qilinadi. Provayder ushubu qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishini to‘xtatadi va Abonent arizasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab qo‘shimcha xizmat to‘lovi yechib olinadi. Abonent arizasida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishni bekor qilish bo‘yicha bunday sana ko‘rsatilmagan holatda va qo‘shimcha xizmat uchun to‘lov Abonentning xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tgan kunidan boshlab Abonent tomonidan ariza qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni davomida to‘lov yechib olish amalga oshiriladi.

11.3. Abonent bir tomonlama ravishda Provayderning ofisiga yozma shakldagi Shartnomani bekor qilish haqidagi ariza taqdim etish orqali Shartnomani ariza taqdim etilayotgan oy nihoyasiga yetishidan 10 (o‘n) taqvim kuni oldin amalga oshirishi mumkin.

11.4. Abonentga pul mablag’larini qaytarish abonentning yozma arizasi asosida provayder tomonidan, abonentning bank kartasiga O’zbekiston Respublikasi Markkaziy bankining qolgan pul mablag’larini qaytarish kunidagi kursi bo’yicha milliy valyutadagi pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi Qaytarish uchun yozilgan arizada quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi shart:

- Abonent plastik kartasi ochilgan bankning nomi;


- Bank MFO si;


- Pul mablag'larini o'tkazish kerak bo'lgan bankning tranzit hisob raqami;

- Abonent plastik kartasining shaxsiy hisob raqami.

11.5. Provayder xizmat Rasmiy sayti orqali Shartnoma va/yoki uning Ilovalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, amaldagi tariflarni tuzatishi, Shartnomaga yangi Ilovalar kiritishi haqida Abonentni ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishidan 10 (O‘n) taqvim kunidan kam bo‘lmagan vaqtda ma’lum qilishi mumkin.

11.7. Xizmat Rasmiy saytiga e’lonni joylashtirish so‘zsiz Provayderning Abonentni xabardor qilish bo‘yicha bajarishi kerak bo‘lgan vazifasi hisoblanadi.

11.8. Abonent xizmatlar Rasmiy saytidagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda tekshirib turishga mas’ul hisoblanadi. Shartnoma va uning Ilovasidagi joriy o‘zgarishlar haqida ma’lum qilingandan 10 (O‘n) taqvim kuni o‘tgandan so‘ng xizmatlarn foydalanishda davom etish ushbu holatlarga so‘zsiz qo‘shilishni va rozilik bildirish sifatida qabul qilinadi.

12. BOSHQA SHARTLAR

12.1.Provayder Abonent haqidagi ma’lumotni quyidagi holatlarda tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotlarga taqdim etishi mumkin:

12.1.1. Abonentni tashkilotlar yordamida Xizmatlarga va/yoki navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lgan hollarda;

12.1.2. Abonentning domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazilganda;

12.1.3. Amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda.

2.2. Abonent ma'lum xizmatga kirish uchun Autentifikatsion ma'lumotlarini yo'qotsa, abonentga yo’qotilgan ma’lumotlarni takroriy xabar qilish va/yoki parolni almashtirish, abonentning abonentlik bo’limi yoki Callcentre – texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga, pasport ma’lumotlarini ko’rsatgan holda qilgan murojaatiga ko’ra Provayder tomonidan amalga oshiriladi. Provayder yo'qolgan ma'lumotlarni Abonentga takroriy xabar qilish va/yoki parolni almashtirishni, faqat Abonent tekshiruv savoliga to'g'ri javob bergan taqdirda amalga oshiradi.

12.3. Ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan barcha bandlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asoslanadi.

12.4. IFO, passport ma’lumotlari, yashash joyi, kontakt telefonlari o‘zgargan holatda Abonent bu haqidagi o‘zgarishlarni o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 10 kunlik muddatda Provayderga yozma shaklda ma’lum qiladi. Aks holda Provayderga Abonent faks raqami yoki ma’lum bo‘lgan oxirgi manzili haqida berilgan ma’lumot qabul qilingan hisoblanadi.

«Texnoprosistem» MCHJ

Bank rekvizitlari:

h/r 2020 80002040 2039 8001
AJ KD BANK UZBEKISTAN
MFO 00842, INN 203 053 378
OKONX 82100
Yuridik manzil:
O’zbekiston,
Toshkent sh. T.Shevchenko ko‘ch. 21
e-mail: info@tps.uz
Telefon: (+99871) 150 00 00
Faks: (+99871) 150 01 02

Ommaviy ofertaga ilova:


-Ilova №1 – ofertani qabul qilish
-Ilova №2 – xizmatdan foydalanish qoidalari
-Ilova №3 – ulanish tashkiloti uchun uskunalarni qabul qilish - topshirish AKTi.
-Ilova №4 – ulanish tashkiloti uchun beriladigan abonentlik uskunalarni qabul qilish - topshirish AKTi.


  • Новости
  • Уведомления
21Yanvar

Hurmatli abonentlar, Sizga shuni maʼlum qilishdan mamnunmizki, 24.01.2019y. dan yangi "Level" va "Shooter" tarif rejalari ishga tushirildi.

18Yanvar

«Texnoprosistem» MChJ tarmoq uskunalarini yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilardan takliflarning ochiq so‘rovini o‘tkazishi haqida e’lon qiladi

11Yanvar

Samarqand shahrida FTTB zonasining qamrab olinishini kengaytirilishi

07Yanvar

Hurmatli abonentlar! Sizga 07.01.2019 y. dan Super Prime F400 tarif rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida xabar berishdan mamnunmiz

15Fevral

16.02.2019y. soat 02:00 dan 04:00 gacha Rossiya hududida rejadan tashqari texnik ishlar

13Fevral

14.02.2019y. soat 02:15 dan 03:30 gacha Rossiya hududida rejadan tashqari texnik ishlar

09Fevral

Soat 07:00 dan 10:00 gacha vaqt oraligʻida (TShK) Internet xizmatining yomonlashuvi muammolari kuzatilishi mumkin

08Fevral

09.02.2019y. 00:00 dan 06:00 gacha rejadan tashqari texnik ishlar

RSS
все новости

  • Ma’lumot
  • Kompaniya haqida
  • Yangiliklar
  • Kontaktlar
  •  
  • Xizmat ko‘rsatish doirasi
  • Karyera
  • Aksiyalar
  •  
  •  
  • Litsenziyalar
  • Wi-Fi Zone
  • Ta’sischilar
  •  
  • Kontaktlar
  • (+998) 78 150 00 00
  •  
  •  
  •  
Ma’lumot
Kompaniya haqida Yangiliklar Kontaktlar Зоня покрытия Karyera Партнёры
Организациям
Litsenziyalar Wi-Fi Zone Ta’sischilar
(c) 1999-2018 OOO “Технопросистем”. Все права защищены. Лицензия Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан АА №0005950 от 18 июля 2016 года

Virtual
qabulxonasi

Персональный кабинет Подключиться Корпоративным клиентам
Услуги
Ota-ona nazorati Modem sozlamasi Statiс IP manzil Portni zaxiralash Tarif rejasini o‘zgartirish Turbo tugma Ishonchli kirish SMS va E-mail xabarlar Internet-paketlar Tungi drayv To‘liq drayv Dam olish kunlari uchun drayv
Тарифы
ADSL tarif rejalari FTTB tarif rejalari Arxiv tariflar
Информация
FTTB haqida ma’lumot Ulanish haqida Xizmat ko‘rsatish doirasi Ulanishni sozlash To‘lov usullari Xizmat va takliflar Ko‘p so‘raladigan savollar Tezlikni tekshirish
Развлечения
Seriallar Filmlar Musiqa Soft Barcha kontent saytlar
Лояльность
“Do’stingizni olib keling” xizmati Jet Points aniqlik dasturi
Компания
Tenderlar Ommaviy oferta Kompaniya haqida Ta’sischilar Litsenziyalar Kompaniyada kasbiy faoliyat Kontaktlar va ish vaqti Fuqarolarni qabul qilish jadvali
Модемы в офисах
Центральный Офис:

ADSL: mavjud

FTTB: mavjud

Офис Сергели:

ADSL: mavjud

FTTB: kutilmoqda